Ushbu maqolada o‘zbek kitobxonlari hali tanishib ulgurmagan Turk tasavvuf adabiyotining yirik vakili Qayg‘usiz Abdolning hayoti va ijodi haqida atroflicha ma’lumot berilgan. Uning asarlaridagi asosiy mazmun mohiyat to‘g‘risida so‘z ketgan va parchalar keltirilgan.